Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHRIDA "PARAPAURLIFTING" SPORT TURI BO'YICHA CHEMPIONLIK MUSOBAQASI O'TKAZILDI

🔗Zarafshon shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi hamda  Bolalar va o‘smirlar sport maktabi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi "Nogironligi boʻlgan shaxslarni sportga jalb qilish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻgʻrisida" gi  PQ 389-sonli qaroriga asosan, sportning “Parapaurlifting” turi bo‘yicha shahar chempionati bo‘lib o‘tdi. 

⌛Chempionatda 30 nafar nogironligi bo‘lgan yoshlar va bolalar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Ushbu tadbir nogironligi bo‘lgan shaxslarni sport orqali jamiyatga yanada yaqinlashtirish va ularning jismoniy hamda ruhiy reabilitatsiyasini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

➡️ Musobaqa yakunida barcha ishtirokchilar va g‘oliblar shahar hokimi o'rinbosari S.Uvaytov tomonidan diplom, medal hamda  esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech