Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

GIMNASTIKA SPORT TURI YANADA RIVOJLANADI

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-449-sonli qaroriga asosan, Zarafshon shahrida shahar hokimi o'rinbosari, Oila va xotin qizlar bo'limi boshlig'i L.Tursunova gimnastika sport turini xotin-qizlar o'rtasida rivojlantirish va ommalashtirishga mas'ul etib belgilangan. 

Bugun L.Tursunova Zarafshon shahar 10-umumta'lim maktabining  gimnastika sport turiga moslashtirilgan zamonaviy sport zalida bo'ldi. Jarayonda ishtirok etib, ushbu sport turining sog'liqni mustahkamlash, jismoniy faollikni oshirishdagi ahamiyatiga to'xtalib o'tdi.

Shuningdek, hokim o'rinbosari gimnastika sportining  xotin-qizlar o'rtasida keng tarqalishi va rivojlanishiga alohida e'tibor qaratilishi hamda bu borada zaruriy chora-tadbirlar davom ettirilishini aytib o'tdi.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech