Bugun L.Tursunova Zarafshon shahar 10-umumta'lim maktabining gimnastika sport turiga moslashtirilgan zamonaviy sport zalida bo'ldi. Jarayonda ishtirok etib, ushbu sport turining sog'liqni mustahkamlash, jismoniy faollikni oshirishdagi ahamiyatiga to'xtalib o'tdi.
Shuningdek, hokim o'rinbosari gimnastika sportining xotin-qizlar o'rtasida keng tarqalishi va rivojlanishiga alohida e'tibor qaratilishi hamda bu borada zaruriy chora-tadbirlar davom ettirilishini aytib o'tdi.






