Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

#Sarhisobi_Zarafshon shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi

#Sarhisobi_Zarafshon shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi

1.  Zarafshon shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-avgustdagi “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 237-sonli qarori hamda Zarafshon shahar hokimining 29.09.2022-yildagi 241-5-78-Q/22-sonli qaroriga asosan 55 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksa hamda yolg‘iz yashaydigan keksa va  nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularga 7 nafar ijtimoiy xodimlar xizmat ko‘rsatib kelishdi. 2022 yilning 5 oyi davomida ro‘yxatga olingan 1-toifaga mansub 6 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksa hamda nogironligi bo‘lgan yolg‘iz keksalarga 12 mln 115 ming 800 so‘mlik 11 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va 4 turdagi gigiyena vositalari hamda karantin davrida 4 turdagi antiseptik vositalar o‘z vaqtida keksalarga yetkazib berildi.       

            Zarafshon shahar Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan 2022 yilning  1 iyunidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyundagi “Ikkinchi  jahon urushi qatnashchilari va faxriylarining moddiy taʼminotini yaxshilash hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-274-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning 9 nafariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-avgustdagi 237-sonli Qaroriga asosan berib kelingan 15 turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va 4 turdagi shaxsiy gigiyena vositalarini o‘rniga har oyning 15 sanasiga qadar pensiya miqdoriga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lab berildi.     
 
          Ro‘yxatga olingan 55 nafar yolg‘iz keksa hamda yolg‘iz yashaydigan keksa va  nogironligi bo‘lgan shaxslar 2022-yilning fevral va oktabr oylarida shahar Tibbiyot birlashmasi va Tibbiy-sanitariya qism tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 1 nafari ambulator, 29 nafari statsionar hamda 25 nafari uyda shifokor ko‘rsatmasi asosida davolandilar. Shuningdek, 15 nafar yolg‘iz keksalar reabilitatsiya texnik vositalari hamda protez-ortopediya mahsulotlari olish uchun sertifikat bilan taʼminlandilar.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 2021-yil 17-sentyabrdagi 575-sonli qaroriga asosan, 1 nafar 2-guruh nogironligi bo‘lgan Beyisov Jaynarbek Qo‘qon erkaklar “Muruvvat” uyiga joylashtirildi.

        3. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va 
reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi  411-sonli qaroriga asosan bo‘lim tomonidan 2022-yilning 12 oyi davomida 71 nafar keksa pensioner va nogironligi bo‘lgan shaxslar reabilitatsiya texnik vositalarini olish uchun sertifikat bilan taʼminlandilar, jumladan,  16 nafari kattalar nogironlik aravachasi, 5 nafari bolalar nogironlik aravachasi, 12 nafari eshitish moslamasi, 25 nafari hassa, 4 nafari qo‘ltiq tayoq, 6 nafari yurish moslamasi, 3 nafari tirsakli  qo‘ltiq tayoq olish uchun sertifikat bilan taʼminlandilar. Shuningdek, 24 nafari protez-ortopediya buyumlarini olish uchun sertifikat bilan taʼminlandi.
5.  O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 25-martdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksalarni bepul sanatoriya-kurort yo‘llanmalari bilan taʼminlash tartibi to‘g‘risida”gi 2356-1-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimidagi quyidagi sihatgoxlar: “Tovoqsoy” ,  “Oltiariq”,  “Marjon suvi”, “Jizzax”,  “Kosonsoy”, “Marvarid”, “Nuroniylar”, Buxoro, Qarshi va Urganch sihatgoxlariga  2022 yilning 12 oyi davomida 87 nafar keksa pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar sihatgoh yo‘llanmalari bilan bepul taʼminlandilar. 

Zarafshon  shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni  rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i G.M.Ulug‘ova

Zarafshon shahar hokimligi Axborot xizmat
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech