ZARAFSHONDA DZYUDO BO'YICHA BOLALAR O'RTASIDA MUSOBAQA O'TKAZILDI
Bugun Zarafshon shahridagi "Alpomish" sport majmuasida bolalar o‘rtasida Dzyudo sport turi bo‘yicha Zarafshon shahar kubogi musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa yurtimizning turli viloyatlaridan kelgan yosh sportchilarni bir joyga jamlab, o‘zaro mahorat va kuch sinashishga imkon yaratdi.
Xususan, Samarqand, Buxoro, Navoiy viloyatlari hamda Zarafshon shahridan 7-12 yosh oralig‘idagi 230 nafardan ziyod sportchi qatnashdi.
Tadbirni Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov ochib berdi. U o‘z nutqida barcha ishtirokchilarga omad tilab, bu kabi musobaqalar nafaqat yoshlarning sportga qiziqishini oshirishda, balki sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.
Musobaqada shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, hokim o'rinbosarlari X.Oripov, S.Uvaytov, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda 7 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar ishtirok etdilar.
Musobaqa yakunida 12 ta vazn toifasi bo‘yicha g‘oliblar va sovrindorlar aniqlanib, ularga diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.





















