Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Zarafshon shahrida Yoshlar o‘rtasida DXX kubogi musobaqalariga start berildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida futbolni ommalashtirish, shuningdek, ular orasidan iqtidorlarni aniqlash va qo‘llab-quvatlash maqsadida futbol va mini-futbol bo‘yicha an’anaviy Davlat xavfsizlik xizmati kubogi Zarafshon shahrida start oldi. 

Tadbirda Navoiy viloyati DXX boshqarmasi boshligʻi, shahar hokimi, shahar DXX bo‘limi rahbari va barcha sektor rahbarlari ishtirok etdilar.

Shuningdek, musobaqa ochilish marosimi davomida dastlabki bosqichda  Yangi Zarafshon va Alisher Navoiy mahallasi yoshlar jamoalarining  o‘yinlari o‘tkazildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech