Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

"MARD O‘GʻLON" HARBIY SPORT MUSOBAQASINING ZARAFSHON SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI.

Zarafshon shahar "Qizilqum" Markaziy oʻyingohida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" shiori ostida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida do‘stona munosabatlarni shakllantirish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida mahalla yoshlari o‘rtasida "MARD O‘GʻLON" harbiy sport musobaqasining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa natijalariga koʻra, FAXRLI 1-OʻRINNI ALISHER NAVOIY hamda KONCHILAR mahallasi yoshlaridan tashkil topgan 1-SEKTOR jamoasi qoʻlga kiritdi va viloyat bosqichiga yoʻllanma oldi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech