Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Zarafshon shaharida "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" ga start berildi

Ma'lumki, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan mutazam ravishda shug'ullanishga jalb qilish, sport turlarini yoshlar o‘rtasida ommalshtirish, iqtidorlilarni aniqlash, uyushmagan yoshlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni, shuningdek sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish maqsadida sportning mini-futbol va futbol hamda shaxmat turlaridan "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" o‘tkazilmoqda. 
Shahrimizdagi 2-sonli umumta'lim maktabida bo'lib o'tgan tadbirda shahar sektor rahbarlari, DXX Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi Zarafshon shahar  bo‘limi bo‘shlig‘i va mas'ul xodimlari hamda mutasaddilar, mahallalardan kelgan musobaqa qatnashchilari ishtirok etishdi. 
Musobaqalar avvalida shahar hokimi Nazirbek Rahmanov Isroilovich so'zga chiqib, ushbu tadbirlardan ko‘zlangan maqsad haqida to‘xtalib, barcha jamoalarga g‘oliblik nasib qilishini tiladi.





Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech