Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

#Zarafshon shahar #Obod mahalla,  obod ko‘cha,  obod xonadon" #O‘zbekiston-barchamiz uchun yagona Vatan,  yagona qalbdir" ZARAFSHON SHAHRIDA MILLATLAR O‘RTASIDA MA'NAVIY ZANJIR TADBIRI O‘TKAZILDI

Bugun 11-oktyabr kuni Zarafshon shahridagi “Yangi Zarafshon” MFYda “Milliy qadriyatlar oyligi” doirasida “Millatlar o‘rtasida ma'naviy zanjir” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy, madaniy tadbir tashkil etildi.

🔰Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari J.Xodjayev, Zarafshon shahar hokimi N.Raxmonov, viloyat Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi rahbari A.Muqimov, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i U.Baxromov hamda shahardagi mutasaddi tashkilot rahbarlari, mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi..

🔰Tadbirda milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari, milliy cholg‘u-dutor, do‘mbira, yor-yor, o‘lan, folklor ijrochiligi, milliy liboslar hamda matolar namoyishi tashkil etildi. Shuningdek, shaharda istiqomat qilayotgan ko‘p millatli, bir maqsadli, ma'rifatli va mehnatkash xalqning o‘zaro hamjihatligi-yu, milliy va oilaviy qadriyatlari she'r, qo‘shiq, ko‘rgazmali chiqishlar va sahna ko‘rinishlari orqali ochib berildi. 

🔰Tadbirda so‘z olganlar xalqimizning o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an'analari, o‘ziga xos xususiyatlari mujassam bo‘lgan ushbu qadriyatlarni aholi orasida keng targ‘ib qilish, ommalashtirish hamda milliy iftixor darajasiga ko‘tarish yuzasidan tavsiyalar berildi. 

🔰Tadbir yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, osoyishtalik va millatlararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglikni yanada keng targ‘ib etish, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlashga  qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. 
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech