Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

"O'ZBEKISTON UMUMIY UYIMIZ" SHIORI OSTIDA DO'STLIK VA BIRDAMLIK FESTIVALI YANGI ZARAFSHON MAHALLASI O'TKAZILDI

"O'ZBEKISTON UMUMIY UYIMIZ" SHIORI OSTIDA DO'STLIK VA BIRDAMLIK FESTIVALI YANGI ZARAFSHON MAHALLASI O'TKAZILDI

Bugun, 4-mart kuni Yangi Zarafshon mahallasida "O'zbekiston-umumiy uyimiz" shiori ostida  madaniy, ma'naviy-ma'rifiy, san'at va do'stlik festivali o'tkazildi.

Festivalda Zarafshon shahar hokimi Anvar Radjabov va sektor rahbarlari, korxona-tashkilot rahbar-xodimlari ishtirok etdi. Tadbirni shahar hokimi Anvar Radjabov ochib berdi. Hamda ko'pmillatli shahrimiz aholisini bayram munosabati bilan tabrikladi.

Do'stlik festivalida turli millat vakillari va 9-umumta'lim  maktabining o'quvchilari  tomonidan  qo'shiq, raqslar ijro etildi. Tadbirda 1000 dan ortiq yoshlar, 600 dan ortiq aholi ishtitok etdi.

Ko'p millatli xalqimizning milliy an'ana va urf-odatlarini o'zida mujassam etgan ushbu tadbir yurtdoshlarimiz qalbida o'zgacha xushnudlik kayfiyatini baxsh etdi. Tadbir yakunida mahalla aholisi uchun milliy taom osh tortildi. 
 

Zarafshon shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi






Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech