Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

"YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI BIRLASHAYLIK" shiori ostidagi tadbirda shahar hokimi yoshlarni taqdirladi

Kuni kecha,  Yoshlar ishlari agentligi Zarafshon shahar bo‘limi tomonidan yoshlar festivali tashkil etildi.

Ma'lumki, festival O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-may kunidagi 103-sonli bayonida Respublikamizda iyun oyi "Yoshlar oyligi" deb e'lon qilinganligi munosabati va "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida o'tkazildi.

Festivalda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida o‘tkazilgan tadbirlarida faol ishtirok etgan yoshlar shahar hokimi Nazirbek Raxmanov va sektor rahbarlari tomonidan diplom va Yoshlar daftari jamg'armasi mablag'lari  hisobidan qariyb 500 millionlik qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech