Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

"OLTIN VODIY" MAHALLASIDAGI 2-MAKTABDA SHAHAR HOKIMI ANVAR RADJABOV FAOL YOSHLAR VA OTA-ONALARNI TAQDIRLADI

Joriy yilning 28-aprel kuni "Yoshlar hayotida 5 muhim tashabbus" shiori ostidagi Zarafshon shahar "Oltin vodiy"  mahallasidagi 2-umumta'lim maktabida ma'naviy-ma'rifiy, ta'lim bo'yicha amalga oshirilgan ishlarning yillik hisoboti doirasida "Yoshlar-kelajak bunyodkori" nomli festival bo'lib o'tdi. 

Festivalda shahar hokimi Anvar Radjabov, shahar prokurori A.Djumayev, shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi rahbari D.Bahronova, mahalla raislari, ota-onalar va yoshlar ishtirok etdi.

O'tkazilgan festival doirasida har bir tashabbus bo'yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Jumladan,  "Chig'atoy gurungi" teatr jamoasi, "Yosh qalamkash" ijodkorlar jamoasi, musiqa va raqs yo'nalishidagi "Ohanrabo", yosh rassomlarning "Nafosat",  sport  jamoalarining chiqishlari namoyish etildi.

Tadbirda muddatidan oldin talaba bo'lgan 7 nafar o'quvchilar shahar hokimi Anvar Radjabov tomonidan tabriklandi va "Kitob ulashamiz"  aksiyasi doirasida taqdirlandi.

Hamda 2021-2022-yil davomida faol bo'lgan o'quvchi, ustoz va ota-onalarga  shahar hokimi va shahar prokurori tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.

Shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi
Rasmiy kanal👇👇👇
@zarafshon_shahar_axborot_xizmat





Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech