Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

🔵#JARAYON 🔴Viloyat rahbari Normat Tursunovning Zarafshondagi yana bir borib ko‘rgan manzillaridan biri “Zarafshon oyna” korxonasi bo‘ldi.

🟡Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan mazkur mega loyihaga 250 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ yo‘naltirilgan bo‘lib, Germaniya, Fransiya va Italiya davlatlaridan keltirilgan so‘nggi avlod uskunalari bilan jihozlangan. Eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonaning ishga tushishi natijasida ko‘plab ishsiz fuqarolar bandligi ta’minlandi.

🟡Viloyat rahbari tashrif davomida korxona rahbari va xodimlari bilan uchrashdi. Kelgusida mazkur loyiha bilan bir qatorda yangidan yangi istiqbolli rejalar belgilandi. Shuningdek, korxona faoliyati yuzasidan murojaat va takliflar o‘rganildi.

✅Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech