Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHRIDA BARCHA   ZAMONAVIY QULAYLIKLARGA EGA MEHMONXONA – “STRONG PLAZA”  FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Mehmonxonaning ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, tashkilot rahbarlari, xorijlik investorlar, keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar  ishtirok etishdi. 

Tadbirda shahar hokimi soʻzga chiqib, shahrimizda amalga oshirilgan ushbu istiqbolli loyiha natijasida yangidan yangi ish oʻrinlari yaratilib, aholi bandligi taʼminlanishi bilan bir qatorda, xorijlik va mahalliy mehmonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi xususida toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, tadbirkorning kelgusi faoliyatiga zafarlar tilandi. Tadbir davomida shahar imom-xatibi tomonidan Qur'on tilovat qilinib, duolar qilindi. Dasturxonga milliy taom - osh tortildi.

Ochilish tadbiri davomida tadbirkor tomonidan 2 nafar bolajonlarning xatna to'ylari o'tkazilib, esdalik sovg'alar ulashildi.

Maʼlumot oʻrnida, shahrimizda xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish maqsadida investitsion dastur doirasida ishga tushgan mazkur uch yulduzli mehmonxona 3 qavatli, 100 o‘ringa mo‘ljallangan 40 ta xonadan iborat. Mehmonxona ishga tushishi natijasida  yangi ish o‘rinlari yaratilib,  xotin-qizlar va yoshlar bandligi ta’minlandi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech