Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Zarafshon shahrida yangi istiqbolli loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda

"Zarafshon oyna" MChJning yangi kalsiylashtirilgan soda ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish, uni istiqbolli loyiha sifatida shahrimizda ishga tushirilishi masalasida Zarafshon shahar hokimligi majlislar zalida yigʻilish oʻtkazildi. 

Unda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar hokimi o‘rinbosari, investisiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i M.Sharipov, shahar obodonlashtirish  boʻlimi, shuningdek, Respublika ishchi guruhi vakillari ishtirok etishdi. Yigʻilish davomida loyihani amalga oshirish boʻyicha tegishli vazifalar belgilandi.

Maʼlumot oʻrnida, ushbu loyiha qiymati 180 mln dollarga baholanib, uning ishga tushishi natijasida 250 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech