Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

“BAAning “Masdar” kompaniyasi Oʻzbekistonni oʻzining eng ishonchli va istiqbolli hamkori deb biladi” — “Masdar”

“BAAning “Masdar” kompaniyasi Oʻzbekistonni oʻzining eng ishonchli va istiqbolli hamkori deb biladi” —  “Masdar” 

“Masdar” kompaniyasining Oʻzbekistondagi loyiha rahbari Fernando Vilyanueva Oʻzbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va kompaniyaning bu jarayondagi ishtiroki haqida intervyu berdi. (https://t.me/minenergy_uz/8211)

“Zarafshon shamol elektr stansiyasini unikal deb atashimizga sabab, bu loyiha nafaqat Oʻzbekistonda, balki Markaziy Osiyoda eng katta shamol elektr stansiyasi hisoblanadi. 

Loyiha 111 ta turbinani oʻz ichiga oladi. Har bir turbina 4,7 МWni tashkil qiladi. Umumiy quvvati esa 500 МW. 

Hozirgi paytda “Masdar”ning Oʻzbekistondagi portfoliosining  umumiy quvvati 3,75 GWni tashkil qiladi. Oʻzbekistonning energetika sohasidagi maqsadlari juda katta va qatʼiy. Shuning uchun davlat barqaror iqtisodiyotni taʼminlash yoʻlida megaloyihalarga qoʻl urmoqda. Bu esa investorlar va ishlab chiqaruvchilar uchun jozibador. 

Bundan tashqari, ekologik toza energiyaga oʻtish yoʻlida ishonchli qadamlar tashlanmoqda. Muqobil energiya loyihalari boʻyicha juda qatʼiy dastur mavjud va buning ustiga mamlakatdagi quyosh va shamol resurslarining koʻpligi Oʻzbekistonning energetika bozorida muhim oʻrinni egallashiga asos boʻla oladi.

Mamlakatning yildan-yilga oʻsib borayotgan iqtisodiyoti koʻplab xorijiy investor va ishlab chiqaruvchilarni oʻziga jalb qilmoqda. Eng muhimi, davlat quyosh va shamol resurslaridan unumli foydalanishda katta imkoniyatlar, imtiyozlarni yaratmoqda. 

BAAning “Masdar” kompaniyasi Oʻzbekistonni oʻzining eng ishonchli va istiqbolli hamkori, deb biladi. Ayta olamanki, kelgusida  Oʻzbekiston bilan bunda-da katta loyihalarni amalga oshiramiz”.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech