Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

AHOLIGA SIFATLI SHIRINLIKLAR ULASHUVCHI MASKAN OCHILDI

Zarafshon shahrida shahar hokimligi, shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi,  mahallada hokim yordamchisi tashabbusi bilan  "ZAR - SONIYA" oilaviy korxonasi  O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 31 yilligida yana bir shirinliklar maskanini ochdi. Tashkil etilgan tadbirda tashkilot rahbarlari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Ushbu oilaviy korxona ishga tushishi natijasida 13 nafar ishsiz xotin-qizlar bandligi ta'minlanib, ularga munosib shart-sharoitlarga ega ish o'rni yaratildi. Shuningdek, kelgusida ish faoliyatini kengaytirib, yana 7 ta ish o'rni yaratilishi ko'zda tutilgan. Tadbir davomida maxsus lentalar kesilib, tantanali tarzda ochib berildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech