Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

#QONUNCHILIKDAGI_YANGILIKLAR

Hukumat qarori (437-son, 02.09.2023 y.) bilan “Ibratli oila” ko'krak nishonini berish tartibi belgilandi

✅ Qarorga ko'ra, ushbu ko'krak nishoni bilan farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo'shgan namunali oilalar taqdirlanadi.

🔰 Shunga muvofiq:

▫️Har yili 1 martgacha Xotin-qizlar faollari, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyalari tomonidan ko'krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar shakllantiriladi. 

Takliflar tuman (shahar) kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limlariga taqdim etiladi.

▫️Har yili 15-martgacha nomzod oilalar har tomonlama o'rganilib, 15-aprelgacha eng munosiblari bo'yicha yakuniy xulosa qabul qilinadi. 

📌 Nomzod oilalar tanlanayotganda, jumladan, quyidagilarga alohida e'tibor qaratiladi:

🔹oilada va jamoat joylarida kutubxonalar tashkil etgan;
🔹oila a'zolari ilmli, ziyoli bo'lgan, shuningdek, ilmiy darajaga ega bo'lgan;
🔹ota-onasi qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka, homiylikka olgan;
🔹oilaviy sport bilan shug'ullanib, respublika va xalqaro darajadagi yutuqlarga erishgan;
🔹oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yib, iqtisodiyotni rivojlantirishga hissa qo'shayotgan.

❕Ko'krak nishoni bilan mukofotlangan oilalar 15-may – Xalqaro oilalar kuni bayrami arafasida tantanali taqdirlanadi. 

💰Taqdirlangan ibratli oilalarga BHMning 4 baravari miqdorida bir yo'la to'lanadigan pul mukofoti beriladi.

➡️ Ko'krak nishoni bilan taqdirlangan oilalar yashaydigan xonadonlar va uy-joylarning kirish qismiga “Ibratli oila” belgisi o'rnatiladi.

▫️Bir oila ko'krak nishoni bilan bir marta taqdirlanadi.

⚠️ Eslatib o'tamiz, mazkur ko'krak nishoni Prezidentning 2022-yil 7-martdagi farmoni (https://lex.uz/docs/5899498) bilan ta'sis etilgan. 
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech