Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

"Ayol-mehr, sadoqat, taraqqiyot timsoli" targ'ibot tadbiri davomida munosiblar taqdirlandi.

❇️Unda olima, oqila ayollar, tadbirkor xotin-qizlar va namunali oilalar ishtirok etishdi. Tadbirda mamlakatda xotin-qizlarga berilayotgan imkoniyatlar, ularning jamiyat hayotida faolligi borasida ma'lumotlar berilib, viloyatdagi 11 ta shahar va tumanlardan 1 nafardan namunali oilalar hamda faol tadbirkor xotin-qizlar taqdirlandilar. Shu bilan birga  Resbublika bosqichida faxrli 3-o'rinni egallagan Zarafshon shahri "To'maris izdoshlari" qizlari munosib rag'batlantirildi. Tadbir davomida ajoyib konsert dasturi tadbirda jam bo'lgan xotin-qizlar uchun yanada zavqli bo'ldi.

Navoiy viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmati


Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech