Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHAR KASB-HUNAR MAKTABINING YANGIDAN BARPO ETILGAN O'QUV USTAXONASI OCHILDI

O'quv ustaxonasi ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, sektor rahbarlari, nuroniylar, tashkilot rahbarlari, mas'ullar ishtirok etdi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligida foydalanishga topshilayotgan ushbu maskan o‘quvchi-yoshlarning zamonaviy kasb va bilimlarni egallashlari, olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llab, yuqori professional kadr bo‘lib yetishlari uchun qulay imkoniyat yaratdi. 

Tadbirda shahar hokimi so'zga chiqib tadbir ishtirokchilarini Konstitutsiya bayrami va  mazkur maskanning ochilishi munosabati bilan samimiy muborakbod etdi. Ochilish marosimida maxsus lentalar kesilib, tantanali tarzda ochib berildi. O'quv ustaxonasida yaratilgan shart-sharoitlar va dars mashg'ulotlari bilan tanishildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech