Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHRIDA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGANINING 31 YILLIGI NISHONLANDI

"Oltin Vodiy" madaniyat uyida tashkil etilgan bayram tadbirida shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, sektor rahbarlari, tashkilot xodimlari, nuroniylar, yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir avvalida Davlat madhiyasi ijro etildi. Shahar hokimi Nazirbek Rahmanov so‘zga chiqib shahrimiz fuqarolarini, tadbir ishtirokchilarini Konstitutsiya qabul qilinganining 31 yillik bayrami samimiy muborakbod etdi.Tadbir ko'tarinki ruhda davom etib, kuy-qo‘shiqlar va chiqishlar bilan davom etdi. Tadbirda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tomonidan huquq-targ'ibot soha xodimlaridan bir guruhini shahar hokimligining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. 
Shuningdek, 16 yoshga to‘lgan yoshlardan bir guruhiga shaxsini tasdiqlovchi ID kartalar tantanali ravishda topshirildi. Shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi rahbari Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi 

Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov bugun, 7-dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zarafshon shahar bo‘linmasi rahbari Dilafruz Bahronovaga  “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishonini topshirdi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech