Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

YANGI O‘QUV YILIDA YANGI MAQSADLAR SARI

Zarafshon shahar 9-sonli umumta'lim maktabida birinchi qo‘ng‘iroqlar sadosi ostida yangi o‘quv yili boshlandi.

 2023-2024- yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar prokurori Sh. Shernazarov,  hokim o‘rinbosarlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Davlat madhiyasi ijro etildi. So‘ngra shahar hokimi Nazirbek Rahmanov yangi o‘quv yili va "Bilimlar kuni" bilan o'quvchi yoshlarni, o‘qituvchilarni hamda tadbir ishtirokchilarini tabrikladi. Joriy yilda birinchi sinfga qabul qilingan o‘quvchi yoshlarga Prezident sovg‘alari jamlanmasi, kitoblar  topshirildi. Tadbir davomida o‘quvchi yoshlar ishtirokida kuy-musiqalar va chiqishlar ijro etildi.

Ma'lumot o‘rnida, yangi o‘quv yilida Zarafshon shahridagi maktablarda 18 701 nafar o‘quvchi ta'lim olib, shundan  2127 nafar o‘quvchi-yoshlar 1-sinfga qabul qilindi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech