Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHRIDA NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI TASHKIL TOPGANLIGINING 65 YILLIGI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILDI

Zarafshon shahridagi "Oltin Vodiy" madaniyat uyida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tashkil topganligining 65 yilligiga bag'ishlangan bayram tantanasi o'tkazildi.

Bayram tadbirida "NKMK" AJ Boshqaruvi raisi - Bosh direktori Quvondiq Sanaqulov, Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, Tomdi tumani hokimi  Qayrat Aldabergenov, tashkilot rahbarlari, Markaziy kon boshqarmasi va Zarafshon qurilish boshqarmasi bo'linmalarida mehnat qilayotgan ishchi xodimlari, mehnat faxriylari ishtirok etishdi.

Tadbirda "NKMK" AJ Boshqaruvi raisi - Bosh direktori Quvondiq Sanaqulov hamda  Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov soha xodimlarini  samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, bir guruh soha fidoyilari fidokorona mehnatlari uchun ko'krak nishonlar hamda shahar hokimligining tashakkurnomasi va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. "Oltin Vodiy" madaniyat uyining ijodkorlari o'z chiqishlari bilan ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech