Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHRIDA TIBBIYOT XODIMLARINING KASB BAYRAMI NISHONLANDI

Zarafshon shahar "Oltin Vodiy" madaniyat  uyida tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib  o‘tdi.

Tadbirda Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, "NKMK jamg‘armasi" bosh direktori o‘rinbosari S. Altinov tashkilotlar rahbarlari, xodimlari va tibbiyot sohasi xodimlari ishtirok etdi.

Kasb bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda shahar hokimi Nazirbek  Rahmanov so‘zga chiqib, soha fidoiylarini shodiyona bilan tabrikladi. Shuningdek, tadbir davomida "Oltin Vodiy" madaniyat uyi xonandalari tomonidan ijro etilgan musiqa va chiqishlar tadbir ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech