Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHRIDA 1-OKTABR - OʻQITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI BOʻLIB OʻTDI

Zarafshon shahar "Oltin Vodiy" madaniyat  uyida 1-oktabr - Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oʻtkazilgan bayram  tadbirida shahar hokimi  Nazirbek  Rahmanov,  sektor rahbarlari,  taʼlim sohasi vakillari  ishtirok etdi.  

Tadbirda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov soʻzga chiqib, taʼlim sohasi vakillarini kasb bayramlari bilan tabrikladi. Shuningdek, oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarga shahar hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari topshirildi. Tadbir koʻtarinki ruhda davom etib, ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar tadbir ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech