Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHRIDA ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILDI

Zarafshon shahar "Oltin Vodiy" madaniyat uyida tashkil etilgan bayram tadbirida shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, sektor rahbarlari, tashkilot rahbarlari, faxriylar, ichki ishlar tizimida mehnat qilayotgan xodimlar va oila a'zolari ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida shahar hokimi soʻzga chiqib, soha vakillarini bayram bilan tabrikladi hamda sharafli va mashaqqatli  mehnatlarini eʼtirof etdi. Tadbirda oʻzlarining samarali ish faoliyati bilan hamkasblariga oʻrnak boʻlib kelayotgan bir guruh xodimlarga diplom va  qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.

Tadbir davomida isteʼdodli xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar va namoyish etilgan chiqishlar ishtirokchilarga koʻtarinki  kayfiyat ulashdi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech