Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

2023-yil 6-sentabr kuni Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan barpo etilgan zamonaviy 504 o‘rinli  ixtisoslashtirilgan maktab-internatini foydalanishga topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori A.Ubbiyev, Navoiy viloyati hokimi N.Tursunov, “NKMK” AJ Boshqaruvi raisi – Bosh direktori Q.Sanaqulov, Zarafshon shahar hokimi N. Rahmanov,  Tomdi tuman hokimi Q.Aldabergenov, nuroniylar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Bu taʼlim dargohiga Zarafshon shahri, Tomdi, Uchquduq tumanlari va Navoiy shahridan 5-11 sinflarga eng bilimli, yuqori intellektual salohiyatga ega o‘g‘il-qizlar test sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, o‘qishga qabul qilindi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech