Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zLiDePdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatidagi ishonchli vakili Quvondiq Sanaqulov Zarafshon shahrida saylovchilar bilan uchrashdi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zLiDePdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatidagi ishonchli vakili Quvondiq Sanaqulov Zarafshon shahrida  saylovchilar bilan uchrashdi. 

Ishonchli vakil saylovchilarni nomzodning tarjimayi holi hamda saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi. Respublikamizda o‘tkazilgan  islohotlarning Zarafshon shahri misolida amalga oshirilgan ishlar e’tirof etildi. 

Shuningdek, tadbirda nomzodning saylovoldi dasturi bilan tanishtirilib, u beshta strategik maqsaddan iborat ekanligi ta’kidlandi. Dasturda belgilanganidek, inson qadri tamoyili asosida sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy-iqtisodiy soha rivoji, davlatimizning ichki va tashqi siyosatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yuksak rejalar va loyihalar ishtirokchilarga tanishtirildi.

- Partiyamizdan Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzodimizning saylovoldi dasturida yosh avlod ta’limiga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, barcha tuman va shaharlarda "Iste’dod – Intilish – Istiqbol” maktab-internatlarini tashkil etish asosida yuksak bilimli avlod tarbiyalash g‘oyasi yotadi. Birgina, Zarafshon shahrida qurilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab-internati kelgusida, biz ta’kidlab o‘tkanimizdek, yuksak bilim va salohiyatga ega kadrlar yetishtirib beruvchi maskan bo‘ladi, – dedi ishonchli vakil. – Shu maqsadda yosh avlod ta’lim-tarbiyasida kelgusida istiqbolli islohotlar asosida yangi tizim yaratiladi. Yangi O‘zbekistonning asosiy ustuni – bilim, taʼlim va tarbiya bo‘ladi.







Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech