Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

AMALIY SEMINAR TASHKIL ETILDI

Tashkil etilgan seminarda Zarafshon  shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, Tomdi tumani hokimi v.v.b O.Umarov, Respublika ishchi guruhi vakillari, shahar hokimining birinchi o'rinbosari A.Shoxmirzayev, iqtisodiy kompleksga kiruvchi tashkilotlar rahbarlari, hokim yordamchilari ishtirok etishdi.

Unda so'zga chiqqanlar tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish va bu borada yaratilgan sharoitlar, sohani qo'llab-quvvatlash maqsadida ajratilayotgan imtiyozlar va yaratilayotgan qulayliklar  xususida keng tushunchalar berib o'tildi.

Shuningdek, bir qator yo'nalishlarda tadbirkorlikka keng  jalb etish orqali yangidan yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi bandligini ta'minlash muhimligi ta'kidlandi hamda seminar ishtirokchilarini  qiziqtirgan savollar yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech