Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

#Seminar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-noyabrda "Aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari tog‘risida"gi PQ-366-sonli qarorini targ‘ibot qilish va hozirgi kundagi islohotlar tadbirkorlik faoliyatiga keng imkoniyatlar yaratayotganligi hamda tadbirkorlikni yanada rivojlanishi uchun to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash, takliflarni o‘rganish maqsadida seminar tashkil etildi.

 Unda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari A.Qoraboyev, shahar hokimi birinchi o'rinbosari A.Shoxmirzayev,Turon bank Respublika boshqaruvi va Biznesni rivojlantirish banki mas'ul xodimlari hamda biznes ombudsman vakili, mahallalarda hokim yordamchilari, tadbirkorlar ishtirok etdi.

Seminar tashkilotchilari tomonidan tashrif buyurgan tadbirkorlarning takliflari eshitilib, ularni savollariga atroflicha javoblar berib o'tildi
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech