Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

NAVOIY VILOYATI DELEGATSIYASINING XITOYGA TASHRIFI DAVOM ETMOQDA

NAVOIY VILOYATI DELEGATSIYASINING XITOYGA TASHRIFI DAVOM ETMOQDA

Xitoyda bo‘lib turgan Navoiy viloyati delegatsiyasi kunning ikkinchi yarmida Chunsin shahri hokimligi va Chunsin savdo palatasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan O‘zbek-Xitoy ishbilarmon doira vakillarining o‘zaro manfaatli aloqalarini jadallashtirishga qaratilgan  O‘zbekiston-Xitoy savdo-iqtisodiy biznes-forumida ishtirok etdi.

Forumda Navoiy viloyatida xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, xususan, viloyatning investitsiyaviy, sanoat, savdo-iqtisodiy va turizm salohiyatlari haqida taqdimotlar namoyish etilib, Xitoy ishbilarmon doiralari vakillarining savollariga javoblar berildi.
Tadbir so‘ngida, Zarafshon shahri va Chanshou tumani o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish va har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish hamda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi va Chanshou Iqtisodiy va Texnologik rivojlanish hududi o‘rtasida tadbirkorlik va investitsiyalarni jalb qilish, tadbirkorlik xizmatlari, transchegaraviy savdo, transport va logistika, raqamli iqtisodiyot va boshqa sohalarda almashinuv va hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan do‘stona hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Zarafshon shahar hokimligi axborot xizmati
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech