Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

NAVOIY VILOYATI DELEGATSIYASI XITOYDA

NAVOIY VILOYATI DELEGATSIYASI XITOYDA 

Ayni kunlarda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov rahbarligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.

Tashrifning birinchi kunida delegatsiya a’zolari Xitoy davlatining Chunsin shahri Shapinba tumanida bo‘lishdi. Viloyatimiz delegatsiyasini Shapinba tumani rahbariyati kutib oldi.
Tashrif davomida tumandagi Chongqing International Logistics Hub Park logistika markazi imkoniyatlari hamda parkning Chongqing Railway Portining avtomobil importi va import qilinadigan go‘sht mahsulotlari nazorat markazi qulayliklari bilan tanishildi. 
Shuningdek, delegatsiya a’zolari Dry Port Of the New Western Land-Sea Corridorida bo‘lishdi hamda port imkoniyatlari bilan ham tanishdilar.
Tashrif doirasida Chongqing International Logistics Hub Park hamda Navoiy Erkin Iqtisodiy zonasi o‘rtasida Navoiy EIZ hududidan 200 gektar yer maydonida “Logistik Xab” tashkil etishga kelishib olindi.

Navoiy viloyati hokimligi
axborot xizmati.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech