Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Viloyatimizning qaysi hududida sanoat korxonalari ko‘proq joylashgan?

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2023-yilning iyun oyi holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni  3 266 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 14,5 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 3 239 taga to‘gri keldi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:

🔸Navoiy shahri – 657 ta

🔸Zarafshon shahri – 329 ta

🔸G‘ozg‘on shahri – 193 ta

🔸Karmana tumani – 487 ta

🔸Konimex tumani – 89 ta

🔸Qiziltepa tumani – 341 ta

🔸Navbahor tumani – 278 ta

🔸Nurota tumani – 255 ta

🔸Tomdi tumani– 90 ta

🔸Uchquduq tumani – 167 ta

🔸Xatirchi tumani – 380 ta
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech