Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Jarayon

Zarafshon shahar hokimi o‘rinbosari, oila va  xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L.Tursunova boshchiligida shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkillashtirildi. Seminarda "Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2022-yil 29-iyundagi 300-sonli Prezident qarorining mazmun mohiyati haqida tushuntirish berildi.
Shuningdek, bugungi kunda tibbiyot xodimlari har bir xonandonga tibbiy madaniyatni olib kirishi, sog'lom turmush tarziga rioya etish maqsadida to‘g‘ri ovqatlanish hamda oilalarda sog‘lom onalardan sog‘lom farzandlar tug‘ilishini singdirishi lozimligi aytib o‘tildi.
Shu bilan birga, patranaj hamshiralari bilan  mahalla faollari birgalikda har bir xonadondagi xotin-qizlarni reproduktiv salomatligini nazorat qilish orqali sog‘lom turmush tarzini oilalarga olib kirishi kerakligi uqtirildi.


Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech