Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHRIDA BOʻSH ISH OʻRINLARI MEHNAT YARMARKASI OʻTKAZILDI

Zarafshon shahar hokimligi, sektorlar, shahardagi barcha korxona va tashkilotlar tomonidan band bo‘lmagan fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida Zarafshon sanoat texnikumida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar DXX, sektor rahbarlari, masʼullar  ushbu mehnat yarmarkasida ishtirok etib, korxona, tashkilotlar tomonidan aholi uchun taklif etilayotgan boʻsh ish oʻrinlari, fuqarolar bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, shahrimizdagi bitiruvchi yoshlar, ishsiz fuqarolar, xotin-qizlarni bu kabi tadbirlar tashkil etilishi orqali tashkilotlarda mavjud boʻsh ish oʻrni bilan bandligini taʼminlash muhim ekanligi taʼkidlandi. Tashkil etilgan yarmarka davomida ishtirok etgan barcha korxona-tashkilotlar tomonidan aholi uchun boʻsh ish oʻrinlari,  koʻrgazmali jihozlari taqdim etildi. Mutasaddilar tomonidan fuqarolar bilan muloqotlar qilinib, murojaatlar boʻyicha tegishli tavsiyalar va koʻrsatmalar berildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech