Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHRIDA YANGI MEHMONXONANING TANTANALI OCHILISH MAROSIMI O'TKAZILDI

"Hotel Humoyunshox" mehmonxonasining ochilish marosimida shahar hokimining birinchi o'rinbosari A.Shoxmirzayev, tashkilot rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan mamlakatimizda tadbirkorlarga yaratilayotgan qulay imkoniyatlardan unumli foydalangan holda tashabbuskor tadbirkor tomonidan ishga tushirilgan mazkur istiqbolli loyiha natijasida yangidan yangi ish oʻrinlari yaratilib, aholi bandligi taʼminlanishi bilan bir qatorda, xorijlik va mahalliy mehmonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi, shahrimizda xizmat ko'rsatish sohasi rivojlanishida ulkan ishlar amalga oshirilayotganligi, kelgusida mehmonxonaning tashrif maskaniga aylanishi ta‘kidlab o‘tildi. Shuningdek, tadbirkorning kelgusi faoliyatiga zafarlar tilandi.

Zamonaviy va shinam mehmonxonaning ochilish marosimida nuroniylar ishtirokida maxsus lentalar kesilib, tantanali tarzda ochib berildi.

Mehmonxona ochilish marosimidan so‘ng tadbir ishtirokchilari yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, Qur’on oyatlaridan tilovatlar qilinib, duoga qo'l ochildi. Tadbir mehmonlari va ishtirokchilari uchun dasturxon yozildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech