Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHRIDA "THOMPSON SCHOOL" IT VA INGLIZ TILI O‘QUV MARKAZI OCHILDI

Yangi yil bayrami arafasida shahrimizda yana bir shodiyonali tadbir o‘tkazildi.

Shahrimizda "Thompson school" IT va ingliz tili o‘quv markazi tantanali ochilish tadbirida shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, sektor rahbarlari, mutasaddilar, nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Shahar hokimi barchani bayram bilan tabrikladi. Nuroniylar ishtirokida markazning maxsus lentalari kesilib, tantanali ochib berildi.

Ma'lumot o‘rnida, mazkur o'quv markazida ming nafar yoshlarga IT va dasturlash bepul o'rgatiladi. Shu bilan bir qatorda ingliz tilidan ham tahsil berilib, bilimlarini oshirib borishiga imkoniyat yaratiladi.Tantanali ochilishdan so'ng tadbir ishtirokchilari  o'quv markazida yaratilgan shart-sharoitlar va qulayliklar, o'quv jarayonlari bilan tanishishdi. O'quvchi yoshlar bilan muloqotlar qilindi. 
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech