Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

TINCHLIK VA XOTIRJAMLIK - OLIY NE'MAT

Inson hayotga kelibdiki baxtga intilib, tinchlik-osoyishtalikda, sihat-salomatlikda, tinch yurtda farzandlar kamolida yashashni tilaydi. Albatta, tinchlik hukmron, jannatmakon yurtimizda fuqarolar bugungi  kunidan shukronalik, ertangi kunga ezgu g'oyalar bilan yashamoqda. Bugungi kundagi dunyoning turli mintaqalarida kechayotgan tahlikali va ziddiyatli jarayonlarni kuzatib, tinchlik-osoyishtalik naqadar bebaho ne'mat ekanligini ta'kidlash joiz.

Zarafshon shahar Tinchlik MFY da shahar Ichki ishlar bo'limi boshlig'i, 3-sektor rahbari E.Yaxyoyev, shahar hokimi o'rinbosari L.Tursunova mahalla faollari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi. Uchrashuvda so'zga chiqqanlar mamlakatimizda Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va yosh avlodni turli yot oqimlar ta’siriga tushib qolishini oldini olish,  shukronalik,  tinchlik qadri to‘g‘risida so‘z yuritildi.  Ochiq muloqot shaklida o'tkazilgan uchrashuvda  fuqarolar o'z fikr va takliflarini bildirib o'tdi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech