Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

TINCHLIK VA OSOYISHTALIK QADRI XALQNI BAXT-SAODATGA ELTADI

Inson hayotga kelibdiki baxtga intilib, tinchlik-osoyishtalikda, sihat-salomatlikda, tinch yurtda farzandlar kamolida yashashni tilaydi. Albatta, tinchlik hukmron, jannatmakon yurtimizda fuqarolar bugungi  kunidan shukronalik, ertangi kunga ezgu g'oyalar bilan yashamoqda. Bugungi kundagi dunyoning turli mintaqalarida kechayotgan tahlikali va ziddiyatli jarayonlarni kuzatib, tinchlik-osoyishtalik naqadar bebaho ne'mat ekanligini ta'kidlash joiz.

Bugun, 3-sektor hududidagi "Istiqlol" mahallasida shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi rahbari D.Bahronova, shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari F.Imomov,  IIB JXX XPB ijtimoiy profilaktika katta inspektori J.Usmanovlar tomonidan mahalla faollari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar xususida fikrlar bildirildi. Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda  fuqarolar o‘z fikr va takliflarini bildirib o‘tdi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech