Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

 Joriy yil 19-oktabr kuni Zarafshon shahrida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy bag‘rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlarning samaradorligi va ta’sirchanligini yanada oshirishga qaratilgan "Jaholatga qarshi ma’rifat" nomli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri "Olin Vodiy" madaniyat uyida tibbiyot va ta’lim muassasasi xodimlari ishtirokida o‘tkazildi.

Tag‘ribot tadbirida Navoiy viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari E.Mardonov hamda viloyat targ‘ibot guruhi a’zosi, NKMK jamg‘armasi bosh direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha  maslahatchisi J.Shuxratov, Zarafshon shahar hokimi oʻrinbosari O.Xakimov ishtirok etishdi. 

Tadbirda bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, olib borilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar xususida fikrlar bildirildi.
 Shuningdek, ma’rifat va diniy bag‘rikenglik rezolyutsiyasi, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik, shukronalik  hamda davlat va din munosabatlari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.
Tadbir so‘ngida "Tinchlik qadri" nomli videorolik namoyish etildi





Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech