Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

TINCHLIK VA OSOYISHTALIK QADRI XALQNI BAXT-SAODATGA ELTADI

Zarafshon shahar Muruntov MFYda  shahar hokimi, 1-sektor rahbari Nazirbek Rahmanov, shahar Din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassis А.Xamdamov hamda shahar  jome masjidi bosh imom xatibi Q.Ibragimov ishtirokida "Tinchlik qadri" shiori ostida mahalla aholisi o‘rtasida targ‘ibot hamda davra suhbati o‘tkazildi. 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan  mamlakatimizda Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va yosh avlodni turli yot oqimlar ta’siriga tushib qolishini oldini olish,  shukronalik,  tinchlik qadri to‘g‘risida so‘z yuritildi. Tadbir so‘ngida "Tinchlik qadri" nomli videorolik namoyish etildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech