Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Assalomu alaykum, muhtaram o‘qituvchi-murabbiylar, aziz ustozlar!

Avvalo, Siz, azizlarni kasb bayramingiz bilan samimiy muborakbod etaman.

Ilk bor qo‘limizdan tutib, ota-ona, Vatan, ustoz degan muqaddas so‘zlarni o‘rgatgan, saboq bergan Siz – mehridaryo ustozlarimiz oldida bir umr qarzdor ekanimiz ham ayni haqiqatdir.

Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy aytganlaridek, dunyoning bor boylik va xazinasi bilan ham oliyjanob mehnatingiz haqini ado etib bo‘lmaydi. Haqiqatan ham, o‘quvchilarini o‘z farzandidek ardoqlab, yosh avlod tarbiyasi uchun ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar tom ma'noda fidoyi kasb egalaridir.

Aziz ustozlar, Sizlarni yana bir bor 1-oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Yosh avlodga ziyo nurini taratishdan aslo charchamang. Bayram muborak bo‘lsin!

Hurmat  bilan, Zarafshon shahar hokimi o‘rinbosari  Obidjon Xakimov
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech