Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMI NAZIRBEK RAXMANOVNING NAVRO‘Z BAYRAMI MUNOSABATI BILAN ZARAFSHON SHAHAR AHLIGA BAYRAM TABRIGI

ZARAFSHON  SHAHAR HOKIMI NAZIRBEK  RAXMANOVNING NAVRO‘Z BAYRAMI MUNOSABATI BILAN ZARAFSHON SHAHAR AHLIGA BAYRAM TABRIGI

Aziz yurtdoshlar!

Go‘zal yurtimizga tabiat uyg‘onib, barchamiz orziqib, sog‘inib kutgan Navro‘zi olam kirib keldi.
Ming yillar davomida ma'naviy hayotimizning ko‘rku-ziynati bo‘lib kelayotgan bu ajoyib, xosiyatli bayram bugun qalblarimizga yana cheksiz quvonch va zavq bag‘ishlamoqda.
Shahrimizning jonkuyar, fidoyi, mehnatsevar hamda mehribon xalqini sharq milliy bayrami Navro‘z ayyomi bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Mana shunday shodiyona ayyomda yurtdoshlarimizga yuksak hurmatim va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Hayotingiz bahor tongidek tiniq, baxtli va farovon bo‘lsin!

Sharqona Yangi yilimiz — Navro‘zi olamning qadami qutlug‘ va barakali kelsin! Mana shu qutlug‘ kunda siz azizlarga sihat-salomatlik, baxt, omad, oilalaringizga tinchlik-totuvlik, fayz va baraka tilayman.

Muhtaram vatandoshlar!

Haqiqatan ham, Navro‘z o‘zining buyuk qudrati bilan tabiatni uyg‘otmoqda. Islohotlar esa jamiyatni, oliyjanob xalqimizning ongu tafakkuri, beqiyos salohiyatini namoyon etmoqda. 

Hozirgi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohot va o‘zgarishlar ayni shu ulug‘ maqsadga — har kunimiz Navro‘z bo‘lishiga, ya'ni, el-yurtimiz hayotining obod va farovon bo‘lishiga qaratilgan.

Hammamiz uchun suyukli va ardoqli Navro‘z bayrami bilan barchangizni yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman!

Navro‘z har bir xonadonga, butun viloyatimiz ahliga tinchlik-xotirjamlik, baxtu-saodat, qut-baraka olib kelsin!

Barcha ezgu niyat va maqsadlarimiz amalga oshsin! Ona Vatanimiz farovon bo‘lib, Jonajon yurtimiz obod bo‘lsin!

Mehribon xalqimiz doim sog‘-omon, Navro‘z ayyomi barchamizga muborak bo‘lsin!

Zarafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech