Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Zarafshon shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri Raximov Zoyir Jumayevichning 8-mart xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Zarafshon shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri Raximov Zoyir Jumayevichning  8-mart xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi
Assalomu alaykum 
Hurmatli ustozlar muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar, dilbar qizlar!

              Ona tabiat chiroy ochib, atrof-muhit yashil libosga burkanib, bahor nashidasi tobora kuchayib borayotgan ayni shu fusunkor ayyomda siz, aziz ustozlarni, sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston xotin-qizlarini 8-mart bayrami bilan chin qalbimdan tabriklashni o‘zim uchun katta baxt deb hisoblayman. 
            Darhaqiqat, millionlab farzandlarimiz qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, ularni el-yurtga munosib insonlar etib tarbiyalayotgan zahmatkash va olijanob ustozlarimiz va ayollarimizga har qancha tahsinlar aytsak, arziydi.
             Mana shu bayram kunlarida biz – yurtimizning keksayu yosh barcha-barcha erkak zoti, mard o‘g‘lonlari haqiqatan ham Yaratganning mo‘jizasi bo‘lmish ayol siymosi oldida, avvalambor, mehribon onalarimiz oldida bosh egib, ta’zim bajo keltiramiz. 
             Munis opa-singillarimiz, vafodor umr yo‘ldoshlarimiz, dunyodagi eng chiroyli, latofatli qizlarimizni tabriklab, ularning sha’niga samimiy va ezgu tilaklarimizni, chuqur hurmatimizni izhor etamiz, jajji qizaloqlarimizni bag‘rimizga bosib, chin yurakdan qutlaymiz.
            Shu kunlarda hammamizning tilimizda, dilimizda bo‘lgan bir fikrni hech ikkilanmasdan aytishni zarur deb bilaman.
            Bu dunyoda shirin va ahil, baxtli hayot uchun poydevor yaratib, insonni inson, oilani mustahkam oila qiladigan, biz uchun sevgi-muhabbat, vafo va sadoqat timsoli bo‘lib kelayotgan siz, go‘zal va betakror, qadrdon ayollarimiz, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. 
            Umr yo‘llarimizda qanday og‘ir sinov va mashaqqatlar duch kelmasin, ularni yengib o‘tishda ruhimizni ko‘tarib, kuchimizga – kuch, g‘ayratimizga – g‘ayrat qo‘shadigan insonlar ham, hech shubhasiz, dunyodagi eng mo‘tabar zotlar, qalbi daryo ayollarimizdir.
       Shu ma’noda, Alisher Navoiy bobomizning “Ayollar – farishtalarning opa-singillaridir” degan hikmatli so‘zlarida qanday chuqur ma‘no borligini, o‘ylaymanki, hammamiz yaxshi tushunamiz. 
             Zarafsho shahar xalq ta’limi bo’limi tizimida qo‘lga kiritayotgan ulkan marralarda – bu qaysi yo’nalish bo‘lmasin, ularning barchasida ayollarimizning munosib, buyuk hissasi borligini minnatdorlik bilan ta’kidlaymiz. 
         Aziz va qadrli opa-singillarim! 
Umringiz uzoq, iqbolingiz ziyoda bo‘lsin! 
Barcha ezgu orzu-niyatlaringiz amalga oshsin! 
YANA BIRBOR BAYRAMINGIZ MUBORAK BO’LSIN!

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech