Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

FUQAROLAR MUROJAATI IJOBIY HAL ETILMOQDA

Sayyor qabullar davomida, shuningdek, fuqarolar bilan oʻtkazilgan uchrashuvlarda shahrimizning bir necha manzillarida fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida  svetofor oʻrnatilishi boʻyicha manzilli loyihalar belgilangan edi. Ushbu murojaatlar ijobiy hal etildi. Yaʼni shahrimizdagi bir qator manzillarida svetoforlar oʻrnatilib, shahrimiz fuqarolari uchun qulayliklar yaratilmoqda. 

Ayni vaqtda, Zarafshon shahrining quyidagi manzillarida:

➡️Alisher Navoiy mahallasi hududida,
➡️"Galaktika" savdo majmuasi roʻparasida, 
➡️Konchilar mahallasi hududida, 
➡️"Mega Center" savdo markazi yonida, 
➡️Quruvchi mahallasi  "Asaka bank" AJ roʻparasidagi chorrahada
➡️ Zarafshon Markaziy dehqon bozorining 6-kichik tumani hududidagi filiali roʻparasida
🚦 svetoforlar oʻrnatish ishlari yakunlanib, ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech