Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFShON ShAHAR DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYaSI BOShLIG‘INING 2022 YIL 1 ChORAGI YaKUNI BO‘YIChA HISOBOTI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATI

ZARAFShON ShAHAR DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYaSI BOShLIG‘INING 2022 YIL 1 ChORAGI YaKUNI BO‘YIChA HISOBOTI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATI

Joriy yil 16 mart kuni Prezidentimiz Davlat soliq qo‘mitasiga tashrif buyurib, soliq organlari xodimlari bilan muloqot davomida tadbirkorlar bilan uchrashib ularning muammolarini o‘rganish, soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar bo‘yicha tushuntirishlar berish yuzasidan zarur topshiriqlar bergan edi.
Mazkur topshiriqlar ijrosini bajarish maqsadida, Zarafshon shahrida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish va qisqa muddatda ijobiy hal etish maqsadida joriy yilning 28 mart kuni Zarafshon shahrida Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Mazkur muloqotlarda 135 nafar tadbirkorlar ishtirok etib, ular duch kelgan muammolar va ularni o‘ylantirayotgan savollar o‘rganilib, ijobiy hal etib berildi.
Bugungi kunda ham “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida Zarafshon shahar soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlar huzuriga borgan holda ularning muammolarini o‘rganib, sayyor soliq maslahatlari ko‘rsatilmoqda.
Masalan, 1 chorak davomida 68 ta korxonalarning muammolari batafsil o‘rganildi. Natijada, soliq xizmati organlari xodimlari ko‘magi bilan 68 ta muammolar ijobiy hal etildi. Bugungi kunda boshqa tashkilotlar bilan bog‘liq masalalar qat’iy nazoratga olinib, hamkorlikda hal etish choralari ko‘rilmoqda. O‘rganishlar davomida soliq turlari bo‘yicha 42 ta subektlarning 198,0 million so‘m mavjud ortiqcha to‘lov summasi qaytarib berildi. 
Bugungi kunda soliq to‘lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida elektron xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamining yanada kengaytirilayotgani muhim omil bo‘lmoqda. Masalan, bugungi kunga qadar Zarafshon shahar “E-ijara” avtomatlashtirilgan dasturiy mahsuloti orqali 356 ta shartnomalar ro‘yxatga olingan.
Tadbirkorlar uchun yanada yengillik yaratish uchun “Avtokameral” avtomatlashtirilgan axborot tizimining ishga tushirilishi sohadagi yangilik bo‘ldi. Bu tizim orqali, soliq organlari soliq to‘lovchilar faoliyatida tekshiruvdan oldingi tahlillarni, e’tibor qarating tekshirishlarni emas, tahlillarni o‘tkazishi mumkin. Ya’niki, soliq to‘lovchi faoliyati davomida qandaydir xatoliklarga yo‘l qo‘yayotgan bo‘lsa yoki hisobotlarida qandaydir tafovvutlar kuzatilayotgan bo‘lsa, avtomatlashgan tizim darhol soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga xatoliklarni tuzatish haqida xabarnoma jo‘natadi. Dastur kamchiliklarni o‘zi aniqlab, o‘z vaqtida tadbirkorga ko‘makchi bo‘lib, xabar berib boradi. Eng muhimi, bunda inson omili aralashmaydi.

Soliq islohotlarining jadallik bilan amalga oshirilishi hamda soliq mexanizmlarining yanada soddalashishi natijasida, yashirin iqtisodiyot keskin qisqarib, soliq tushumlari sezilarli darajada ortmoqda. Masalan, Zarafshon shahri uchun 2022 yil 1 choragi uchun belgilangan 15 004,5 mln.so‘mlik byudjet prognoz rejasi 16 007,7 mln.so‘mga (106,7 %) ortig‘i bilan bajarilib, 1 003,2 mln.so‘mga ko‘p mablag‘ davlat byudjetiga tushishiga erishildi. Natijada, tushumlar miqdori o‘tgan yilning mos davriga (11 808,8 mln.so‘m) nisbatan 135 foizga o‘sishi kuzatildi. Yana bir dalil o‘tkazilayotgan profilaktik jarayonlar natijasida Zarafshon shahrida soliq majburiyatlarining o‘z vaqtida ixtiyoriy bajarilish darajasi 97 foizni tashkil etmoqda.
Joriy etilgan qator soliq imtiyozlari, soliq yuki va turlarining kamaytirilganligi to‘g‘risida tadbirkorlar o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari natijasida 572 ta norasmiy ish o‘rinlari ixtiyoriy tartibda qonuniylashtirildi. Muhimi, fuqarolar ijtimoiy himoyaga va muqim ish o‘rinlariga ega bo‘ldi.
Shu o‘rinda ta’kidlash o‘rinliki, bugungi tadbirkor kechagisidan tubdan farq qiladi. Qonunchiligimiz ham ular uchun qator yengillik va qulaylik yaratishga qaratilgan. Buning natijasida, iqtisodiyotda xufyona bozor mexanizmlariga o‘z-o‘zidan chek qo‘yilmoqda. Halol tadbirkor uchun shaffof va qonuniy ishlaydigan davr keldi. Shu bois, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanuvchilar soni shahrimizda bugun 1080 nafarni tashkil etmoqda. Chorak yakuni bilan Zarafshon shahrida kassa mashinasi cheki taqdim etilgan  fuqarolarga jami 476,9 mln.so‘m miqdorida keshbek qaytarildi. Afsuski,  onlayn nazorat kassa mashinasini ishlatmayogan soliq to‘lovchilarga chora ko‘rilib, huquqbuzarlik haqida xabar bergan 19 nafar fuqaroga 9,5 million so‘m mukofot puli to‘lab berildi.
Bugungi kunda qo‘lida hunari bor yoki uyda yakka tartibda ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning o‘zini o‘zi band qilishi, ish stajiga ega bo‘lishi uchun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 1 choragi yakuni bilan Zarafshon shahrida 512 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilish tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tib, muayyan faoliyat turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda.
Hurmatli soliq to‘lovchilar! Biz soliq xizmati organlari xodimlari sizlarning muammolaringiz qonuniy hal etish, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barcha tushunmovchiliklarga yechim topishda doimiy ko‘mak berishga tayyormiz. 

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech