Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Zarafshon shahrida “Har haftada bir kitob mutolaa qilamiz” intellektual kitobxonlik tanlovining navbatdagi soni o'tkazildi


Zarafshon shahar hokimligi, shahar Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 9-martda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 5 ta tashabbus bo‘yicha hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-yanvar kuni o‘tkazilgan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, shu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Kengash yig‘ilishida belgilab  berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, korxona, tashkilot va muassasalari xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ular o‘rtasida kitobxonlikni yanada keng targ‘ib qilish maqsadida “Har haftada bir kitob mutolaa qilamiz” intellektual kitobxonlik tanlovi bitta kitob muhokamasiga bag‘ishlab markazlashgan holda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan,  2021-yilning 12-mart kuni shahardagi barcha korxona, tashkilot va muassasalaridan 5 nafar xodimdan iborat jamoalar  o‘rtasida kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda Shayx Muhammad Sodiqning "Baxtiyor oila" asari muhokama qilindi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech