Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Ijtimoiy tarmoqlarda Zarafshon shahar markaziy dehqon bozori oldida yo'nalishli transportlarga chiqishga yoyma savdolar mavjudligi sababli aholiga noqulayliklar tug'dirayotganligi bo'yicha bildirilgan murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.

Bugungi kunda Zarafshon shahrida “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ – 1326–sonli qaroriga asosan “Navro’z” ma’suliyati cheklangan jamiyati faoliyat olib bormoqda.  

 Jamiyatga murojaat qilgan  tadbirkorlar va savdo faoliyatini oshiruvchi subyektlarga ruxsat etilgan hududlarda faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli hujjatlarni taqdim qilgan holda savdo o’rinlari ajratilishi yuqoridagi qarorlar va jamiyatning nizomida alohida ko’rsatib o’tilgan. Jamiyatga murojaat qilgan barcha subyektlarga vakolat doirasida ruxsat etilgan joylar ajratilsada ayrim subyektlar tomonidan savdo uchun ajratilgan o’rinlarga faoliyat yuritmasdan poliz mahsulotlari sotish maydoni yoki bozorning ichki yo’laklarini yopgan holda faoliyat olib borishlari bilan birga asossiz ravishda qo’lbola ayvonchalar qurib hududni noqonuniy egallab olish holatlari doimiy uchrab kelmoqda. Jamiyat hududida ruxsat etilmagan joylarda xizmat ko’rsatayotgan yoki savdo faoliyatini amalga oshirayotgan subyektlar doimiy og’zaki va yozma ogohlantirilib kelinmoqda. 

Ijtimoiy tarmoqlarda aks etgan holat yuzasidan o'rganish ishlari olib borilganda "Navro‘z” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Sh.S.Raxmatov tomonidan bozor hududida ruxsat etilmagan joylarda savdo faoliyatini amalga oshirayotgan subyektlarga nisbatan chora ko‘rishda amaliy yordam so'rab, tegishli tashkilotlarga xat bilan murojaat qilinganligi ma'lum qilingan.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech