Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan  "Zarafshon shahar 17- sonli DMTT dagi holat" sarlavhali murojaat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyuldagi 626-sonli qaroriga  asosan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga  brakeraj komissiyasi xulosasiga asosan oziq-ovqat mahsulotlari  qabul qilinadi.

Holat yuzasidan  o‘rganishlar davomida tashkilot omborxonasiga olib kelinadigan mahsulot, avvalo,  brakeraj komissiyasi tekshiruvidan sifati tasdiqlanganidan so‘ng  qabul qilinishi ma'lum qilindi. Murojaatda ko‘rsatilgan mahsulotlar esa  joyida holati va sifati tekshirilganligida ayrim  mahsulotlar talab darajada emasligi sababli  qaytarilgan va sifat talabiga javob beradigan mahsulotlar qabul qilingan.

Zarafshon shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech