Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

SHAHAR OBODONLASHTIRISH BOSHQARMASIGA YANGI TEXNIKA TOPSHIRILDI

Shahar obodonlashtirish boshqarmasi faoliyatiga nazar solsak, shahar  ko‘chalari obodligi, ozodaligi uchun yelib-yugurayotgan jonkuyar xodimlarni ko‘ramiz.

Maʼlumki, shu sohadagi maxsus texnikalar esa ularning qo‘l mehnatlarini yana-da yengillashtirishga xizmat qiladi.

Bugun shahar hokimligi oldida sohada  mehnat qilayotgan kasb fidoyilariga  zamonaviy texnika topshirish tadbiri boʻlib oʻtdi.

Shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tomonidan shahar obodonlashtirish boshqarmasiga yangi texnika - "Isuzu" yuk mashinasi topshirish tantanali tadbirida shahar  obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari, masʼullar ishtirok etishdi. 
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech